Yangiliklar

Hafta davomida mamlakat boʻylab yogʻingarchilik kuzatiladi

Hafta davomida mamlakat boʻylab yogʻingarchilik kuzatiladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ertaga respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Koʻpchilik viloyatlarda baʼzi joylarda qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida) asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0…-5 daraja sovuqni, kunduzi +2…+7 daraja iliqni, shimolda kechasi -8…-13 daraja sovuqni, kunduzi 0…-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

31-yanvar–1-fevralda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 0…-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliq, shimolda kechalari -10…-15 daraja sovuq, kunduz kunlari -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman hodisalari kuzatiladi. 29-yanvardan 31-yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Poytaxtda seshanba va chorshanba kunlari biroz yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati 30-yanvarda kechasi +1…+3 daraja iliq, kunduzi +4…+6 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0…-2 daraja sovuq, kunduzi +3…+5 daraja iliq boʻladi. 1-fevralda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi -1…-3 daraja sovuqni, kunduzi +3…+5 daraja iliqni tashkil etadi.