Yangiliklar

Ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi

Ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi

Yigʻilishda uy-joylarni saqlash masalalari ham koʻrib chiqildi. Joylardagi boshqaruv kompaniyalarining faoliyati koʻp hollarda qoniqarsizligi, 20 mingta koʻp qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi ekani qayd etildi.

Boshqaruv kompaniyalari va shirkatlarning qaytarilmagan krediti va debitor qarzdorligi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Shu munosabat bilan mutasaddilarga boshqaruv kompaniyalari faoliyatini sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

Umuman, elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, “kvartplata”, soliq toʻlovlari boʻyicha xonadonning yagona billing hisob-raqamini joriy qilish vaqti kelgani qayd etilib, xorijiy tajriba asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish  topshirildi.

Hozirda koʻp qavatli uylardagi 2 mingta yertoʻla tadbirkorlarga ijaraga berilmasdan, boʻsh yotibdi. Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta ish oʻrni yaratish va ijaradan yiliga 150-200 milliard soʻm qoʻshimcha daromad topish mumkin. Endi koʻp qavatli uylar yertoʻlasi va boʻsh joylarini ijaraga berishni yangi tartibi joriy qilinadi. 

Bunda:

  • yertoʻla va boʻsh maydonlar haqida maʼlumotlar raqamlashtirilib, “Mening uyim” tizimiga bogʻlanadi hamda aholi va tashabbuskorlarga ochiq eʼlon qilinadi;
  • ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi.

Bundan tashqari, kompleks rahbariyatiga avariya holatidagi uylarni renovatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.