Yangiliklar

Muammolarni yechish yoʻlida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda

Muammolarni yechish yoʻlida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy prokuratura hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari tomonidan harbiy xizmatchilar hamda xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Dastlab, harbiy xizmatchi xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Xususan, bugungi kunda ular uchun yaratilgan qulayliklar, ularning ijtimoiy himoyasi borasidagi olib borilayotgan ishlar xususida aytib oʻtildi.

Shundan soʻng, har bir xodim va oila aʼzolarining takliflari tinglandi. Milliy gvardiya markaziy devoni va “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Milliy gvardiya saflariga ishga kirish, Jamoat xavfsizligi universitetiga oʻqishga kirish tartibi boʻyicha, shuningdek, xodimlarning oila aʼzolarini ishga joylash, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalariga tushunchalar berildi.

Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.