Yangiliklar

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 29-yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining “Taxtaqoracha” dovonida kuchli qor yogʻayotganligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taxtaqoracha“ dovonini qayta ochilishi boʻyicha FVV Axborot xizmati qoʻshimcha maʼlumot taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.