Yangiliklar

Alan Hemson Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi

Alan Hemson Kanadaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi
Foto: TIV matbuot xizmati

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kanada elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Alan Hemsondan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

“Kanadaning Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Alan Hemson janoblari bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Janob Hemsonning mintaqamiz boʻyicha boy tajriba va bilimga egaligini qadrlaymiz. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchining Oʻzbekiston-Kanada ikki tomonlama munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarishga hissa qoʻshish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining kanalida.

Alan Hemson 2021-2024-yillarda Oʻzbekistondagi elchi lavozimida akkreditatsiyadan oʻtgan (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler oʻrniga tayinlandi.