Yangiliklar

Bugun ham ayrim hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin

Bugun ham ayrim hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin

Bugun respublika boʻyicha baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq, shimolda 0-5° sovuq boʻladi. 

Poytaxtimizda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq boʻladi. 

Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq boʻladi.