Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 6,05 soʻmga koʻtarilib, 31-yanvardan boshlab 12 430,05 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 9,04 soʻmga koʻtarilib, ertadan 13 458,02 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,47 soʻmga koʻtarilib, 31-yanvarda rublning rasmiy kursi 139,18 soʻmni tashkil etadi.