Yangiliklar

Osiyo Kubogi—2023: Oʻzbekiston nimchorak finalda Tailandni magʻlub etdi

Osiyo Kubogi—2023: Oʻzbekiston nimchorak finalda Tailandni magʻlub etdi
Foto: OʻFA matbuot xizmati

Futbol boʻyicha Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo Kubogining nimchorak final uchrashuvida Oʻzbekiston MTJ Tailandga qarshi maydonga tushdi. Birinchi boʻlimda Aziz Turgʻunboyev tomonidan kiritilgan toʻp jamoamiz ustunligini taʼminlagan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda tailandliklar hisobni tenglashtirishdi.

Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan Abbosbek Fayzullayev gol urdi va hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi. Ushbu hisob oʻyin oxiriga qadar saqlanib qoldi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston MTJ chorak finalga yoʻl oldi. Endi vakillarimiz 3-fevral kuni soat 20:30 da Qatarga qarshi maydonga tushadi.