Polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
1965-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan A.Ismoilov bugungacha Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan tayinlov tadbirida Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov ishtirok etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!