Yangiliklar

Qashqadaryoda qizni turmushga chiqish uchun tazyiq va ruhiy bosim qilgan yigit 10 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda qizni turmushga chiqish uchun tazyiq va ruhiy bosim qilgan yigit 10 sutkaga qamaldi
Foto: Bolalar ombudsmani

Avvalroq, Bolalar ombudsmaniga turmushga chiqishga majburlanayotganidan shikoyat qilgan qizga himoya orderi berilgani haqida xabar eʼlon qilingandi.

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, qiz 29-yanvar kuni Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan boʻlsada, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etayotganligini bayon etgan.

29-yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun maʼmuriy tartibda ushlanib, bugun, 30-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 206 (1) moddasi (Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olindi.