Yangiliklar

Sirdaryodagi AYOQSHlardan birida sifatsiz benzin sotilganligi aniqlandi

Sirdaryodagi AYOQSHlardan birida sifatsiz benzin sotilganligi aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tumani boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining “I.P.” MCHJga qarashli AYOQSHda oʻtkazilgan tekshiruv hujjatlari oʻrganilganda ushbu AYOQSHda 10 ming 730 litr AI-92 markali avtobenzinning oktan soni boʻyicha sifat koʻrsatkichi davlat standarti parametrlariga mos kelmasligi aniqlandi.

MCHJ tomonidan mijozlarga sifatsiz yoqilgʻi sotilganligi natijasida 12 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga 103,2 mln soʻm moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.