Yangiliklar

Surxondaryoda ota farzandini urib, unga shafqatsiz munosabatda boʻldi

Surxondaryoda ota farzandini urib, unga shafqatsiz munosabatda boʻldi
Videodan skrin

Ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda boʻlayotganligi haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan oʻrganilganida, holat Termiz shahrida sodir boʻlganligi aniqlandi.

Ushbu videoxabar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

“Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.