Yangiliklar

Xitoy-Qirgʻiziston chegarasida sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning uch viloyatida sezildi

Xitoy-Qirgʻiziston chegarasida sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning uch viloyatida sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, 30-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 03:27 da (29.01.2024-yil, Grinvich boʻyicha 22:27 da) Xitoy-Qirgʻiziston chegarasida zilzila sodir boʻldi.

Zilzila koordinatalari: 41,2 gradus shimoliy kenglik; 78,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 800 km janubiy-sharqda. Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Andijon viloyatida 2 ball, 542 km.
  • Fargʻona viloyatida 2 ball, 597 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 597 km.