Yangiliklar

Bugun mamlakatning ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi

Bugun mamlakatning ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet bugun, 31-yanvar kuni Oʻzbekistonda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 1-3° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.