Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,81 soʻmga pasayib, 1-fevraldan boshlab 12 420,24 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 16,84 soʻmga pasayib, ertadan 13 441,18 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,88 soʻmga koʻtarilib, 1-fevraldan rublning rasmiy kursi 138,30 soʻmni tashkil etadi.