Yangiliklar

Ekopark xodimi jarimaga tortildi

Ekopark xodimi jarimaga tortildi
Foto: Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Ekopark” hududiga qarashli koʻcha yuzidagi daraxtlar shoxlari kesilayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi inspektorlari nazoratiga olinib, oʻrganildi.

Oʻrganishlar natijasida qish kunlarida daraxtlar uyquda boʻlishiga qaramasdan daraxtlar shoxlariga shakl berilayotgani aniqlandi.

Holat boʻyicha “Ekopark” xodimiga MJtK ning 79 -moddasi 1-qismi bilan 1,7 mln soʻm jarima, 1 mln 20 ming soʻm zarar belgilandi.