Yangiliklar

Endi milliy sertifikatga ega tarix fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlanishi mumkin

Endi milliy sertifikatga ega tarix fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlanishi mumkin
Ilyustrativ foto

Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan 2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini menejerlik sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi; bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har 5 yilda 1 marotaba attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahar) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi yoʻlga qoʻyiladi. Loyiha doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida (hozirda 51 mln soʻm) mablagʻ ajratilib, bu mablagʻlar 5–11 sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilmoqda.