Yangiliklar

Fevral oyida Oʻzbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?

Fevral oyida Oʻzbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?
Ilyustrativ foto

Fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq boʻladi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Oʻrtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda meʼyordan 1-1,5 darajaga yuqori boʻlib, 2-4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq, 1 daraja iliqni, janubda 6-8 daraja iliqni tashkil etadi. Fevral oyining boshi nisbatan sovuq boʻladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha boʻladi.

Yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik 1-fevral va 4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3-fevralda janubiy viloyatlarida boʻlib oʻtadi. Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8- 13 daraja iliqqacha koʻtariladi. 7-8-fevral kunlari asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan, 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqdan, 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 11-16 daraja iliqdan, 0-5 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.

Fevral oyida yogʻingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.