Yangiliklar

Ohangaronda Xitoy bilan hamkorlikda aerodrom quriladi

Ohangaronda Xitoy bilan hamkorlikda aerodrom quriladi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shenchjen shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida Toshkent viloyati hokimligi masʼullari ishtirokida bir qator shartnomalar imzolandi, yangi loyihalarga asos solindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Ohangaron tumani “Yangi hayot” MFYda yuz foiz Xitoy kapitali ishtirokida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan xususiy aerodrom qurish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Loyiha qiymati 380 mln dollar. Qurilish ishlari joriy yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.