31-yanvar kuni soat 08:30 larda, “18-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 11-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan gormoshka-avtobus Uchtepa tumani, TXAY koʻchasi, 18-avtobus saroyi qarshisida yoʻnalishga chiqib ketayotgan vaqtda yoʻldan chiqib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yogʻingarchiliklar koʻp boʻlganligi sababli yoʻl qoplamasi choʻkib, loyli qatlamiga toʻgʻri kelib sirgʻanib ketishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan va yoʻl chetidagi qiyalikka avtobusning orqa qismi tushib tushib ketgan.
“Hodisa vaqtida avtobus salonida yoʻlovchilar boʻlmagan va hech kimga tan jarohati yetmagan. Yoʻl-transport hodisasi natijasida avtobusga ham shikast yetmagan. Hozirda avtobus maxsus yuk avtomashinasi yordamida qiyalikdan chiqarilib, yoʻnalishga qayta tasarruf etilganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!