Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Yakkabogʻ tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri olib borildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, reyd davomida Yakkabogʻ tumani “Toʻqboy” MFY hududida hokim yordamchisi P.R. tomonidan 20 ta naʼmatak butasi va 5 ta olcha daraxti noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 9 mln 350 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, P. R. 3 mln 400 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Huquqbuzar qilmishi uchun jami 12 million 750 ming soʻm miqdorida tovon toʻlaydigan boʻldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!