Bugun Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda dastlab tashkiliy masala koʻrildi. Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. T.Ismailov 1983-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida tugʻilgan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov kuni-kecha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!