30-yanvar kuni soat 16:45 larda Termiz tumani “Gulbaxor” mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R 99 avtomobil yoʻlining 25 kilometrida haydovchi “Nexia 3” avtomashinasini (dastlabki maʼlumotlarga koʻra) yuqori tezlikda boshqarishi natijasida ehtiyotsizlik qilib yoʻlning oʻng tomon chetiga chiqib agʻdarilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
YTH oqibatida avtomashina salonida yoʻlovchi sifatida harakatlangan 2003-yilda tugʻilgan qiz olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.
Avtomashina haydovchisi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!