2023-yilda mahalla idoralarining 1733 nafar xodimiga 6 milliard 107 million soʻmlik moddiy yordam pullari toʻlib berildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Mahalla” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Hasan Salomov maʼlum qildi.
Shuningdek, Fond tomonidan 15 ming nafarga yaqin fuqaroga 6 milliard soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatildi. 1885 nafar kam taʼminlangan oila farzandlariga 1 milliard 82 million soʻmlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 yarim mingga yaqin yurtdoshlarimizga esa 2 milliard soʻmdan koʻproq moddiy yordam ajratildi.
1287 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga esa qariyb 1,5 milliard soʻmlik nogironlik aravachalari, ortopedik mahsulotlar va eshitish moslamalari olib berildi. Oʻtgan yilda fond mablagʻlari hisobidan 466 mahalla idorasiga mebel va kompyuter jihozlari olib berildi. Buning uchun 2 milliard 500 million soʻmdan koʻproq mablagʻ ajratildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!