Yangiliklar

Bugundan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Bugundan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Farmonga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming soʻm etib belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 soʻm); 
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.