31-yanvar kuni soat taxminan 12:30 lar chamasi Shoʻrchi tumani “Sovurtepa” mahallasi hududidan oʻtuvchi M41 avtomobil yoʻlining 1522 km da “KIA K5 D05P” avtomashinasi haydovchisi bir yoʻnalishda harakatlanib borib, chapga burilayotgan “Damas” avtomashinasi bilan toʻqnashib, YTH sodir etgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Toʻqnashuv vaqtida yoʻl chetida harakatlanib ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqarolarni ham turtib ketgan.
Natijada piyoda 2014-yilda tugʻilgan maktab oʻquvchisi “bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat yeyishi, oʻng yelka qismidan yopiq sinishi” tashhisi bilan tuman shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Shoʻrchi tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!