Yangiliklar

Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan IIB xodimi ishdan boʻshatildi

Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan IIB xodimi ishdan boʻshatildi

Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOlariga xizmatga 2023-yil 20-noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. “Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi hamda ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlari” uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan boʻshatilgan. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.  

Hozirda ushbu holatni kelib chiqishiga yoʻl qoʻygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.