Andijon shahrining Iqbol MFY, 39-koʻpqavatli uy, 61-xonadonda yongʻin sodir boʻldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, 3-fevral kuni soat 18:13 da Andijon shahar “Iqbol” MFY, 39-koʻpqavatli uyning 61- xonadonida gaz havo aralashmasining chaqnashi sababli yongʻin yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 18:18 yetib borishib, yongʻin soat 18:21 da toʻliq qurshab olingan, yongʻin soat 18:27 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida 1 nafar fuqaro jarohat olgan, yana 1 nafar fuqaro vafot etgan.
FVV rahbariyati tomonidan vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!