Yangiliklar

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Milliy gvardiya qoʻmondonining tegishli buyrugʻi bilan podpolkovnik Rustam Jabborov Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

R. Jabbarov 1985-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. 2007-yilda Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.