Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Kanadaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!