Yangiliklar

2023-yilda barcha hududlarda IT xizmatlari eksporti oʻsib umumiy 344 mln dollarga yetdi

2023-yilda barcha hududlarda IT xizmatlari eksporti oʻsib umumiy 344 mln dollarga yetdi

2023-yilda barcha hududlarda IT xizmatlari eksporti oʻsib umumiy 344 mln dollarga yetdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov maʻlum qildi.

Vazirning yozishicha, buyogʻiga asosan eksport uchun harakat qilish kerakligi va bu kabi sharoitlarni davom etishini reja qilgan kompaniyalar 2027-yil yakunigacha eksportlarini umumiy daromaddagi ulushini kamida 50 foizga chiqarishlari zarurligi barcha uchrashuvlarda IT Park rezidentlariga tushuntirib borilmoqda. 

“Bu yil IT eksportini koʻpaytirish uchun asosan yoshlarni koʻproq chet tillari va ITni oʻrganishiga qiziqtirishimiz hamda chet ellik kompaniyalarni koʻproq Oʻzbekistonga, ayniqsa hududlarga taklif etishimiz zarur boʻladi”, — deydi Sherzod Shermatov.