3-fevral kuni soat 23:15 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining “Taxtaqoracha” dovoni qalin qor yoqqanligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng koʻlamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Taxtaqoracha» dovonini qayta ochilishi boʻyicha FVV Axborot xizmati qoʻshimcha maʼlumot taqdim etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!