Yangiliklar

Termizda 8 tonnadan yuqori boʻlgan transport vositalarining harakati cheklandi

Termizda 8 tonnadan yuqori boʻlgan transport vositalarining harakati cheklandi

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, bu haqda 2023-yil 22-dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat kengashining qarori qabul qilingan.

Qaror bilan Termiz shahrida yirik hajmli va ogʻir vaznli (yuk koʻtarish qobiliyati 8 tonnadan yuqori boʻlgan) transport vositalarining harakati cheklangan.

Bunda, harakatlanish alohida hollarda Termiz shahar hokimligi, “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti va viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan oʻzaro tasdiqlangan kelishuv (sxema) orqali amalga oshirilishi belgilandi.