Yangiliklar

Toshkentda Spark haydovchisi 88 marta qoida buzdi

Toshkentda Spark haydovchisi 88 marta qoida buzdi

Majburiy ijroi byurosining Uchtepa tuman boʻlimi ish yurituvida, Toshkent shahar YHXBBsining  mamuriy jarimalari yuzasidan qarzdor Sh.H. dan 88 marta yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay, buzishi oqibatida  40,2 mln soʻm miqdorida ma’muriy jarima qarzdorligini undirish belgilangan.  

Qarzdor unga berilgan ixtiyoriy muddatda jarima summalarini toʻlamay kelgan. Oqibatda byuroning tuman boʻlimi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan reyd tadbirlari jarayonida harakatdan toʻxtatilib, jarima maydoniga joylashtirildi. 

88 marta qoida buzgan qarzdor fuqaroning Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining qaroriga asosan ATB “Kapital bank” foydasiga  52,8 mln soʻm miqdorida qarzdorligi mavjud boʻlib,  Spark bir yoʻla ikkita qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqariladi.

Endilikda sotuvdan tushgan pul mablagʻlari qarzdorliklarga yoʻnaltiriladi.