7-8-fevral kuni A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik va tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
6-12-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!