Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 21,88 soʻmga koʻtarilib, 6-fevraldan boshlab 12 469,89 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 147,01 soʻmga pasayib, seshanbadan 13 410,12 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,65 soʻmga pasayib, 6-fevraldan rublning rasmiy kursi 136,82 soʻmni tashkil etadi.