2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli jami 4 mln 20 ming 744 ta avtotransport vositalari soni mavjud. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hududlar orasida eng koʻp avtotransport vositalari soni Toshkent shahrida (624 022 ta), shuningdek, Samarqand (448 702 ta) hamda Toshkent (439 660 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Ushbu hududlardagi jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni respublikadagi umumiy avtomobillar sonining 37,6 % ini tashkil etgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!