Yangiliklar

Prezident: “Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti”

Prezident: “Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti”

Yigʻilishda har yili bogʻcha tarbiyachilarining oʻrtacha bor-yoʻgʻi 9 foizi malaka oshirayotganiga eʼtiroz bildirildi.

Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bogʻchada davlat taʼlim standartidagi oʻquv-metodik materiallar yetarli emas.

Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻcha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bogʻchalarda ovqat, davomat, badal puli kabi barcha jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish; 250 ta davlat bogʻchasida taʼlim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bogʻchalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida oʻquv-metodik materiallar bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Joriy yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish rejalashtirilgan. Lekin, matematika, oʻqish va tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali koʻpligini aniq koʻrsatdi.

Yoki, 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi. Hozirda 1-11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida oʻquvchilarni yarmi ham “B1” darajaga ega boʻla olmayapti.

Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati koʻrinmayapti.