Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Soha uchun masʼul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim oʻrinbosarlari bor.
Lekin taʼlim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini taʼminlashda kamchiliklar yoʻq emas. Masalan, maktabgacha va maktab taʼlimida erishilgan katta oʻzgarishlar bilan bir qatorda bogʻcha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh oʻrtasida uzviylik yetarli darajada emas.
Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga masʼul oʻrinbosarlari maktabda maʼnaviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga eʼtiborsiz boʻlmoqda.
Shu bois, oʻtgan hafta maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi. Ularning oldiga taʼlim, tarbiya va maʼnaviyat boʻyicha maktablarga yangi muhit olib kirish vazifasi qoʻyildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!