Yangiliklar

Qozogʻiston hukumati isteʼfoga chiqdi

Qozogʻiston hukumati isteʼfoga chiqdi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 5-fevral kuni “Qozogʻiston Respublikasi hukumati toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Farmon matnida prezident Qozogʻiston hukumatining isteʼfosini qabul qilishga qaror qilgani qayd etilgan. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi hukumati aʼzolari “hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etishi”ga belgilangan.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.