2024-yilda 21 ming 300 km avtomobil yoʻllari va 315 ta koʻpriklar rekonstruksiya qilinadi va taʼmirlanadi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi.
Shuningdek, yoʻl ishlari boʻyicha texnik topshiriq shartlarini ishlab chiqishda namunaviy loyiha andozalaridan voz kechilib, har bir loyihaga alohida yondashgan holda yoʻl qoplamalari konstruksiyalariga zamonaviy materiallar va texnologiyalar qoʻllaniladi. Loyihadan obyektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq barcha jarayonlarda talon-tarojlikka chek qoʻyish maqsadida tizim yaratiladi, bunda sohani raqamlashtirish boʻyicha “Yagona elektron platforma”ni yaratish ishlari yakunlanadi va “test” rejimida ishga tushiriladi.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda 20 kmdan kam boʻlmagan jami 260 km avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb qilinadi. 30 donadan ortiq koʻchma va statsionar tarozilar ishga tushiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A373 “Toshkent – Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan 100 km qismida intellektual transport tizimini joriy etish ishlari olib boriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!