Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun ajratilgan yordam pullarini oʻzlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun ajratilgan yordam pullarini oʻzlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022-yillar mobaynida “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 499,8 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.