Izboskan tumanida chorvachilik bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat AT “Xalq banki”dan kredit olib, oʻz vaqtida qaytarmagan. Bank vakillari 217 million soʻm kreditni undirish boʻyicha sudga murojaat qilgan. Sud tomonidan daʼvo qanoatlantirilib, qaytarilmagan kredit qarzi garovdagi savdo doʻkoniga qaratilishi belgilab berildi.
Majburiy ijro byurosi Izboskan tuman boʻlimi xodimlari qarzdorlikni undirish boʻyicha ijro harakati davomida jamiyat vakillarini ogohlantirdi. Biroq kredit mablagʻlari toʻlanmagach, garovdagi savdo doʻkoni xatlanib, 225 million soʻm qiymatda auksion savdosiga chiqarildi.
Elektron onlayn-auksion qarorini koʻrgachgina mulkidan ayrilishi mumkinligini tushunib yetgan qarzdor jamiyat vakillari kredit qarzini qaytarishning harakatiga tushdi. Natijada savdo kuniga qadar 217 million soʻm miqdoridagi kredit qarzi toʻliq qoplandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!