Yangiliklar

Poytaxtda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi

Poytaxtda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ikki avtobus yoʻlovchi talashib, YTH sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat bugun soat 11:00 larda sodir bщlgan. Bunda “Yutong” rusumli 28-sonli yoʻnalish haydovchisi X.A avtobusni Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻchasi boʻylab boshqarib kelib, “Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi” bekatiga toʻxtayotgan vaqtida, shu bekatda toʻxtab yoʻlovchi tushirayotgan boshqa bir “Yutong” rusumli 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida 28-sonli avtobusning oʻrta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani koʻrish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan.

Sodir etilgan toʻqnashuvda tan jarohati olganlar yoʻq.

“Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.