Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B. va S.S. noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 3 xil turdagi 2 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro Q.D.ga 36,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 5 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!