Yangiliklar

Umra safaridan qaytarish choralarini koʻrmagan xususiy aviakompaniya mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Umra safaridan qaytarish choralarini koʻrmagan xususiy aviakompaniya mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Transport prokuraturasi tomonidan oʻzbekistonliklarni Umra safaridan qaytarish choralarini koʻrmagan hamda boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan xususiy avikompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.