Yangiliklar

Urganchda 20 ming dollarni 248 mln soʻmga sotib olgan shaxs ushlandi

Urganchda  20 ming dollarni 248 mln soʻmga sotib olgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan U.S. fuqaro M.Sh.dan jami 20 000 AQSH dollarini 248 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning avto transport vositasidan 15 006 AQSH dollari va 286,7 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Narpay tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.X. jami 3 700 AQSH dollarini fuqaro S.D.ga 46,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 3 700 AQSH dollari va 19,4 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qiziltepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan V.Q. va A.X. jami 3 700 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 46,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash shugʻullanib kelgan M.T. 3 500 AQSH dollarini fuqaro M.M.ga 43,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, jami 5 500 AQSH dollari va 3,8 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash shugʻullanib kelgan F.G. jami 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.