Rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 8-fevral kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Vatanimizning 3 ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Belarus delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!