Yangiliklar

Bloger Abror Abduazimov hibsga olingani aytilmoqda

Bloger Abror Abduazimov hibsga olingani aytilmoqda

6-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi qarori bilan, taniqli bloger va diniy voiz Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) qamoqqa olingan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-modda (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)da ifoda qilingan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilgan.