Oʻzgidromet bugun, 8-fevral kuni Oʻzbekistonda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 12-14° iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!